07:02 / 29.05.2018
14 620

O‘zbekistonda 2022 yildan boshlab pensiya yoshi har yili 6 oyga oshirib borilishi taklif etilmoqda

O‘zbekistonda 2022 yildan boshlab pensiya yoshi har yili 6 oyga oshirib borilishi taklif etilmoqda
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi axborot xizmatiga tayanib «Xabar.uz» ma’lum qilmoqda.

Seminarda hanuzgacha munosib pensiya miqdorlariga erishishning aniq me’yorlari joriy etilmasdan qolayotgani tanqid qilingan. Fuqarolarning ijtimoiy sug‘urtalash tizimidagi uzluksiz ishtirokini rag‘batlantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, pensionerlarning moddiy ta’minlanganlik darajasini oshirish, shuningdek barqaror pensiya tizimiga erishish maqsadida ishlab chiqilgan fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha konsepsiya loyihasi joriy yilning 28 aprel kuni umumhalq muhokamasiga qo‘yilgan edi.

2018 yilning 25 may kuni Oliy Majlis Senatining byudjet va iqtisodiy islohotlar Qo‘mitasi, Qonunchilik palatasi vakillari, vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda BMT Rivojlanish dasturi, Jahon banki va YuNISEF mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda vazirlik va idoralar hamda keng jamoatchilikdan pensiya islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan dastlabki tavsiyalar tahlil qilindi va muhokamasi o‘tkazildi.

Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalasi, xususan, «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuning yangi tahrirda ishlab chiqilishi batafsil muhokama qilindi. Bu borada, qonunni chet el tajribasini o‘rganish hamda mamlakatimizning demografik va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqish to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

Shu bilan birga, qonunning normalarida fuqarolarning pensiya miqdorlari ularning mehnat stajlari davomiyligi va ish haqiga bog‘liq bo‘lishi hamda ijtimoiy sug‘urta tizimiga faol qatnashishlarini rag‘batlantiruvchi mexanizmlarini joriy etilishi zarurligi qayd etildi.

Mutaxassis va ekspertlar ta’kidlashicha, konsepsiyada ijtimoiy adolatlilikni qaror toptirish jihatlari inobatga olinib, ishlovchi pensionerlarga to‘liq pensiyalarini to‘lash, pensiya tayanch miqdorini hisoblashda amaldagi hisobga olinadigan chegaraviy eng kam oylik ish haqining 8 barobarini 12 barobarigacha oshirish kabi takliflarni o‘z ichiga qamrab olgan.

Shuningdek, taklif etilayotgan islohotlarning ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, seminar ishtirokchilari, shu jumladan halqaro moliya institutlari ekspertlari, yangi taklif etilayotgan normalarni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarurligi to‘g‘risida fikr bildirishdi. Xususan, dastlabki bosqichda talab etiladigan minimal ish stajini bosqichma-bosqich har yili, 2019 yildan boshlab 10 yilgacha oshirishi, pensiya yoshini esa 2022 yildan boshlab har yili 6 oyga, ayollar uchun 58 yoshgacha va erkaklar uchun 63 yoshgacha oshirib borish tavsiya etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 2022 yildan boshlab pensiya yoshi har yili 6 oyga oshirib borilishi taklif etilmoqda