Davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyev davlat statsionariga tushib qoldi. Bu ma’lumotni «Xabar.uz»ning Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbasi tasdiqladi.
“Xabar.uz”ga ma’lum bo‘lishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijondagi selektor yig‘ilishida viloyatning yarmini xususiylashtirib olgan odam hammasini qaytaradi, deb aytgan. Shundan so‘ng Parpiyevning sog‘lig‘i yomonlashgan.
Eslatib o‘tamiz, Botir Parpiyevga aloqador mansabdor shaxslar birin-ketin ishdan olingani haqida avvalroq xabar bergan edik.
B.Parpiyev joriy yilning 11 may kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan olingandi. 19 may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining navbatdan tashqari saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Botir Parpiyev assotsiatsiya rahbarligidan ham ozod etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin