Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston Mudofaa vazirligining “Jangovar hamdo’stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur ko‘krak nishoni bilan xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalarini hal etishdagi xizmatlari, O‘zbekiston mudofaa salohiyatini mustahkamlashda salmoqli hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari hamda xorijiy davlat fuqarolari taqdirlanadi.
Ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o‘rinbosarlari va harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonlarining taqdimnomasi bo‘yicha yoki vazir qarori asosida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Mukofotga sazovor bo‘lganlarga ko‘krak nishoni bilan birgalikda mudofaa vaziri nomidan faxriy yorliq topshiriladi. Shuningdek, taqdirlangan harbiy xizmatchilarga (xorijiy davlat fuqarolari bundan mustasno) eng kam oylik ish haqining 3 barobari miqdoridagi pul mukofoti beriladi.
Ko‘krak nishoni haqida:
Ko‘kruk nishoni kumush va tilla rangdagi metall qorishmadan tayyorlangan bo‘lib, bir-birining ustiga tushirilgan, umumiy markazga ega, turli o‘lchamdagi uchta sakkiz qirrali yulduz shakliga ega. Nishonning old tomonida aylana markazidagi yashil fonda ramziy ma’nodagi qo‘l berib ko‘rishayotgan tilla suvi yurgizilgan qo‘l fragmentlari, moviy rangdagi globus, O‘zbekiston xaritasi va kabutarlar tasvirlangan; globus atrofida – tilla rangdagi lavr novdalarining relyefli tasviri aks etgan; lavr novdalari atrofida – moviy fondagi oq harflar bilan aylana bo‘ylab bir qator qilib yozilgan “Jangovar hamdo’stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” yozuvini sakkiz qirrali yulduz ajratib turadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi