4 462
Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘onni Turkiya prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi
24 iyun kuni Shavkat Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat boshida davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni Turkiya prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan samimiy tabriklab, unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘zbekiston—Turkiya ko‘p asrlik do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari bugungi kunda yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan alohida qayd etildi.
Davlatlar rahbarlari, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi keng qamrovli va ko‘p qirrali hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Muloqot so‘ngida Prezidentlar barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirishga tayyor ekanliklarini yana bir bor bildirdi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi