
Oldin xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov tizimga oid yangiliklar, istiqboldagi rejalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora tadbirlar xususida brifing o‘tkazmoqda.
“Maktab direktori yaxshi tashabbus ko‘rsatib, bog‘ yaratsa, qo‘shimcha daromad topsa, foydadan maktabga ishlatmoqchi bo‘lsa, buning uchun o‘sha hududdagi xalq ta’limi bo‘limidan so‘rash kerak ekan. O‘sha rahbar bilan munosabat yaxshi bo‘lsa yaxshi. Aksincha bo‘lsa direktor baloga qoladi. Bunday narsalarga butunlay barham beriladi“, - dedi Xalq ta’limi vaziri.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar