Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi ikkinchi ish kunida senatorlar to‘ylarni tartibga solish bo‘yicha taklif etilayotgan normalar bo‘yicha bir qarorga keldi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi” nashri.
Unga ko‘ra, senatorlar xalqimizning milliy urf-odatlari, hududlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, senatorlar to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishi borasida yagona, qat’iy normalar belgilanishi maqsadga muvofiq emas, degan xulosaga kelishgan.
Qayd etilishicha, xalqimiz xohish-irodasi to‘y-hasham va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishga muayyan me’yoriy hujjat bilan emas, odamlar o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot, shaxsiy ibrat, namunali tadbirlar misolida erishish har jihatdan foydali ekanini ko‘rsatgan.
Senatorlarning fikricha, oilaviy tadbirlarni milliy qadriyatlar asosida, kamxarj, dabdabalardan xoli o‘tkazishni keng jamoatchilik va har bir inson ongli ravishda anglab yetmog‘i lozim. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin