Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili Olmazor tumanida bo‘lganida Toshkent o‘yinchoqlari fabrikasi negizida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari ushbu fabrikaga tashrif buyurib, bajarilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Bu yerda “NBU Investment” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashabbuskor-investorlar bilan birgalikda 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda. “Toys City”, “O`yinchoqlar Fabrikasi”, “Funny Kids World”, “National Products” va “United Nation company” kabi mazkur korxonalarda bolalar uchun kiyim-kechaklar, turli buyumlar va o‘yinchoqlar ishlab chiqariladi. Ularda jami 920 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.
Bugungi kunda “Toys City” korxonasi ishga tushirilgan bo‘lib, 70 ga yaqin mahsulot tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
Shavkat Mirziyoyev mazkur korxonada o‘yinchoqlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi