14:44 / 05.07.2018
11 409

Samarqandlik ichki ishlar xodimi o‘g‘rilikda ayblangan ayolni tahqirladi

Samarqandlik ichki ishlar xodimi o‘g‘rilikda ayblangan ayolni tahqirladi
Samarqandlik ichki ishlar xodimi o‘g‘rilikda shubhalangan ayolni yechintirdi va haqoratladi, deb yozmoqda Sharhpress.uz.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirda o‘zi ko‘rinmaëtgan erkak kishi kamera qaratilgan aëlni qattiq haqorat bilan kiyimlarini yechib¸ qip-yalang‘och bo‘lishga majburlaydi. Kadr ortida yana bir aëlning ayni-do‘q po‘pisa ostida yechinishga majburlanaëtgani ovozi eshitiladi.

Ma’lum bo‘lishicha bu voqea 3 iyun kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar Ichki ishlar bo‘limining binosida bo‘lgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, haqorat va tahdid ostida aëlni yechinishga majburlagan shaxs IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi tergovchisi San’at Umarov bo‘ladi.

Samarqand huquq tizimi vakili¸ bu aëllarning Kattaqo‘rg‘on bozorida sodir bo‘lgan o‘g‘rilik munosabati bilan ushlanganlardan ekanini bildirdi.

Umarov ayolni qattiq haqorat va tahqirlar ostida “Hozir onangni s...n seni. Anavuni ko‘rayapsanmi, yech sen ham”, deydi. Kadr orqasidagi ayol yig‘lab turib, “iltimos unday qilmang”, deb yolvoradi¸ ammo haqorat va tahqir davom etadi.

Videodagi ayol “Akajon, men qilmaganman”, deb yolvoradi. Ammo buyruq beraëtgan shaxs endi aëlga qip-yalang‘och holda ko‘chaga chiqishni aytib o‘shqiradi.

Saytning aniqlashiga ko‘ra, kadr ortidagi shaxs o‘zi ekanligini tasdiqlagan va ayollardan uzr so‘raganligini ilova qilgan.

Majburan yechintirilgan ayollar viloyat prokuroriga shikoyat qilgan. Jinoyat ishi ochilishi kutilmoqda.

Bu voqea ijtimoiy tarmoq a’zolarining keskin tanqidiga sabab bo‘ldi.

Ko‘pchilik ichki ishlar xodimining ham onasi, ayoli va qizi borligini eslatmoqda va ayol kishini har qanday holatda ham yechintirishga majburlashga qarshiligini bildirmoqda.

Shuningdek, bu voqea yuzasidan Ichki ishlar vazirligining munosabatini talab qilganlar ham bor.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu hodisa yuzasidan #QadrimniToptama xeshtegini qo‘yib voqeaga o‘z munosabatini bildirmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning fevral oyida militsiya xodimlarining o‘zlari qonunni buzayotganini keskin tanqid qilib, minglab xodimlar poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab vakolatlari doirasidan chetga chiqish kabi jinoyatlarni sodir etganini eslatgan va “...Bunday holatda aholi orasida ichki ishlar xodimi obro‘sini qanday qilib oshirish mumkin? Qonun himoyachilarining o‘zi jinoyat sodir etsa, oddiy odam dardini kimga aytishi kerak?” – degan edi.

Ayolning yechintirilgani videosini saytga qo‘yish lozim topilmadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandlik ichki ishlar xodimi o‘g‘rilikda ayblangan ayolni tahqirladi