Yozning jaziramasida yana shu mavzuga qaytishga majbur bo‘ldim. Fikrlarimga bir iste’molchining fikri sifatida qarashingizni so‘rardim.
Yoshligimizda (1980-90 yillar) plombir nomli muzqaymoq bo‘lardi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin tabiiy sut va qo‘shimchalardan tayyorlanadigan muzqaymoqlar sun’iy va zararli qo‘shimchalar bilan boyitib, "arzonlatildi". Hozirgi muzqaymoqlarni shaxsan men og‘zimga ololmayman. O‘ta mazasiz va sifatsiz. Kamiga "Kak ranshe", "Nastoyaщiy plombir" degan yorliqlar bilan odamlarni aldab yotilibdi.
Men tanish muzqaymoq ishlab chiqaruvchilarga o‘z e’tirozlarimni bildirsam, "Bizning mahsulotimiz ham sifatli", "Siz aytgandek sifatga erishadigan bo‘lsak muzqaymoq juda qimmat bo‘lib ketadi", yoki "U ta’mlar Rossiyaning o‘zida ham yo‘q", deyishadi.
Birinchi javoblariga e’tirozim, sifat qariyb yo‘q hisobi. Agar u muzqaymoqlarni eritib ko‘rsangiz, turli ranglardagi suyuqlikka aylanadi. Ikkinchi e’tirozim, men 2000 so‘mga muzlatilgan ximikat yegandan, umuman muzqaymoqqa yaqinlashmaslikni yoki 5000-10000 so‘mga haqiqiyga yaqin ajnabiy muzqaymoq iste’molini ma’qul ko‘raman.
Uchinchi gaplariga raddiya: Shu kunlarda Rossiya va Qozog‘istondan asl muzqaymoqlar kirib keldi. Ayniqsa, Qozog‘istonning Mishka nomli muzqaymoqlari narxi va sifati bilan kishini qoyil qoldirdi. Qozoq qo‘shnilarimiz 1962-yil retsepti bilan judayam mazali muzqaymoq tayyorlashgan. Narxi 4500 so‘m.
Xullas, biz oldin erishgan yutuqlarimizni boy berishdan tashqari, sifatsiz mahsulotlar bilan xalqimizni yengil zaharlayapmiz. Kamiga yolg‘on gaplar va targ‘ibotlar bilan iste’molchilarni aldayapmiz.
"Kim bizni aldasa, bizdan emas", "Lekin Alloh taolo sizlardan biringiz bir ish qilsa, qunt bilan qilishini sevadi". Bular yo‘lboshchimiz sollallohu alayhi va sallamning ko‘rsatmalari.
Kelajakda ishlab chiqaruvchilarimiz sifatli va mazali mahsulot, xususan muzqaymoqlari bilan xalqimizni xushnud etishadi, deb umid qilamiz.
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
Yuk mashinalari haydovchilari uchun yangi tartib kuchga kirdi
Hande Erchel turk madaniyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Vengriya hukumati Ukrainaga noqonuniy qurol yetkazib berishning oldini olganini ma’lum qildi
Leonid Kuchma: Rossiya bilan urushmaslik uchun Ukraina oldida ikki yo‘l bor edi
O‘t qopidagi toshlar qanday va qayerdan paydo bo‘ladi?
Nima uchun badavlat insonlar doim oddiy kiyinadi?
Lukashenko ukrainalik generallar taslim bo‘lish uchun unga qo‘ng‘iroq qilishganini aytdi