
10 iyul kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashagan Yu.A. ismli ayol boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinani Mustaqillik ko‘chasida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan U.G. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinaning orqa qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etib so‘ng, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib ag‘darilgan.
Natijada “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi Yu.A. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan, hamda uning yo‘lovchilari 8 va 2 yoshli farzandlari jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Manba: darakchi.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar