Kunlarning keskin isishi natijasida dam olish maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga borib-kelayotgan fuqarolar oqimi ko‘paymoqda.
Dam oluvchi fuqarolarning yo‘llarda xavfsiz harakatlanishi, tezlik oqibatida sodir bo‘luvchi ko‘ngilsiz yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida «Bektemir-Chorbog‘» avtomobil yo‘liga yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o‘rnatilgan. Ayrim haydovchilar avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalariga tushmaslik va belgilangan jarimalardan qochish maqsadida o‘z avtoulovlarini davlat raqam belgilarini yechib olib yoki berkitib xarakatlanishga urinishmoqda.
Shu holatlarni hisobga olgan Toshkent viloyati IIB YHX xizmati xodimlari tomonidan maxsus reydlar amalga oshirilmoqda. Reydlar davomida davlat raqam belgilarini yechib olingan yoki davlat raqam belgilarini har-xil ashyolar yordamida berkitishga uringan avtomashinalar aniqlanib, ularga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilib, vaqtinchalik jarima maydonlariga qo‘yilmoqda. Ushbu holat bo‘yicha yil boshidan buyon 27 ta holat aniqlangan.
So‘nggi reydlar davomida «Bektemir-Chorbog‘» yo‘lida bir necha qonunbuzarlarga nisbatan keskin choralar ko‘rildi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi