
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining yuridik bo‘limi xodimlari tarafidan tekshiruv o‘tkazilganda, Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertizasi byurosida bir necha qonunbuzarliklar va jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.
Ya’ni, bu tashkilotga diplomi bo‘lsa-da, respublika miqyosida hali tan olinmagan shaxslar ishga qabul qilingan. Maosh hisoblash va tarqatishda jiddiy qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan. Ekspertiza o‘tkazish, xulosa chiqarishda ishlatishga yaroqsiz holatga kelib qolgan uskunalardan foydalanib kelingan.
Ushbu tekshiruv yuzasidan to‘plangan materiallar prokuraturaga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Toshkent nefrologiya (buyrak xastaliklari) markazi rahbari A. Zufarov ham o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlarcha munosabatda bo‘lgani sababli ishdan bo‘shatilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar