2018 yil 9 iyul kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani, Ziyokor ko‘chasida yashovchi fuqaro N.Tursunboyev Bosh prokuraturaning «Ishonch telefoni»ga murojaat qilib, Yangiobod tuman IIB boshlig‘i I.Sulaymonov o‘g‘li S.Qurbonboyevni urib tan jarohati yetkazganligini bildirib, I.Sulaymonovga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Yangiobod tuman prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida so‘ralgan fuqaro S.Qurbonboyev 2018 yil 7 iyul kuni soat 14-30 larda Yangiobod tumani IIB boshlig‘i I.Sulaymonov «Mustaqillikning 22 yilligi» suv iste’molchilari uyushmasi hududidagi «Pastkichaqir bulog‘i» fermer xo‘jaligi dalasiga kelgan vaqtda kombaynlar g‘alla o‘rmasdan turganligini vaj qilib, S.Qurbonboyevni mushti bilan burun qismiga urganligini bildirgan.
Bosh prokuratura bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Yangiobod tuman prokuraturasi tomonidan tuman IIB boshlig‘i I.Sulaymonovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura nazoratiga olingan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Sharmandaga shahar keng
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti