Toshkent shahar hokimligi va hokimlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi Toshkent shahrining gerbini ishlab chiqish uchun professional tanlov e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tanlovda tasviriy san’at, dizayn, grafika, illyustratsiya, reklama va boshqa tegishli faoliyat sohalari bo‘yicha mutaxassislik yoki professional tajribaga ega bo‘lganlar ishtirok etishi mumkin.
Ishtirok etish uchun quyidagilar zarur:
1. Tanlov to‘g‘risidagi nizom va texnik vazifa bilan tashkent.uz saytida tanishish.
2. Toshkent shahri gerbini ishlab chiqish va g‘oyani ta’riflash.
3. Grafik fayl hamda ta’rif matnini, shuningdek, bog‘lanish uchun ma’lumotlarni [email protected] elektron manziliga yuborish. Xat mavzusida “Shahar ramzi (gerbi) tanloviga” deb ko‘rsatilishi zarur.
Ishlarni qabul qilish: 2018 yilning 18 avgust kuni soat 24:00ga qadar.
Yakunlar 2018 yilning 25 avgust kuni sarhisob qilinadi va Toshkent shahar hokimligi saytida ma’lumot beriladi.
Mukofot jamg‘armasi: 10 mln so‘m va tanlov hamkorlaridan qimmatbaho sovg‘alar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, bitta g‘olib, ikkita ikkinchi o‘rin, uchta uchinchi o‘rin sovrindorlari aniqlanadi va ular munosib rag‘batlantiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi