22:45 / 26.07.2018
6 658

Samarqandlik erkak xotinini o‘ldirib, do‘koniga ko‘mib qo‘ygani aniqlandi (video)

Samarqandlik erkak xotinini o‘ldirib, do‘koniga ko‘mib qo‘ygani aniqlandi (video)
Jinoyat ishlari bo‘yicha Tayloq tuman sudida o‘z xotinini o‘ldirib, bir yil davomida jasadini yashirgan N.Rahimovning jinoiy ishi ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi “Zamon” axborot dasturi.

2017 yilning avgust oyida N.Rahimov mast holatda Tayloq tumani Gulobod mahallasida joylashgan aholiga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan oshxonada turmush o‘rtog‘i M.Rahimova bilan o‘zaro janjallashib, uning yuz qismiga qo‘li bilan urib yuboradi. Musht zarbidan yerga yiqilgan jabrlanuvchining qorin, bel sohalariga va tanasining boshqa qismlariga tepib, bo‘g‘ib jarohat yetkazgan. N.Rahimov ertasi kuni turmush o‘rtog‘ining vafot etganini biladi. Tunda xotinining jasadini hali qurib bitkazilmagan do‘kon uchun tayyorlangan xonaning burchagida 70 smli chuqur qazib, joylashtiradi. Farzandlariga va mahalladoshlariga esa turmush o‘rtog‘ini Rossiyaga ketib qoldi deb aytadi.

2017 yilning 22 avgustida yuz bergan ushbu holat 2018 yilning 13 fevraligacha sirligicha qoladi.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan sud jarayonida sodir bo‘lgan holatlar atroflicha o‘rganilib, sudlanuvchi N. Rahimov Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga nisbatan shu Kodeksning 57-moddasi qo‘llanilib, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandlik erkak xotinini o‘ldirib, do‘koniga ko‘mib qo‘ygani aniqlandi (video)