17:35 / 04.08.2018
7 029

3 nafar qo‘shnisining farzandlarini o‘ldirib, o‘z hovlisiga ko‘mib qo‘ygan shaxsga umrbod qamoq jazosi berildi

3 nafar qo‘shnisining farzandlarini o‘ldirib, o‘z hovlisiga ko‘mib qo‘ygan shaxsga umrbod qamoq jazosi berildi
8 yil davomida 3 nafar qo‘shnisining turli yoshdagi voyaga yetmagan farzandlarini o‘ldirgan Zohid Otaboyev umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi. Bu haqda Bosh prokuraturaning Facebook’dagi sahifasida xabar berilgan.

Hukm jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan chiqarilgan.
Қотил қўшни

Қотил қўшни. 8 йил давомида 3 нафар қушнисининг турли ёшдаги вояга етмаган фарзандларини ўлдирган Зоҳид Отабоев умрбод қамоқ жазосига маҳкум этилди. Мудҳиш жиноят тафсилотлари бугун Ўзбекистон 24 телеканалида 18-10 "Қонун номи билан" кўрсатувида.

Опубликовано O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Пятница, 3 августа 2018 г.

Tergov Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani, “Xonobod” MFYda yashagan Zohid Otaboyev 2003 (Sh.M.), 2005 (Yo.U.) va 2014 (O.S.) yilda tug‘ilgan voyaga yetmaganlarni qasddan o‘ldirib, ularning murdasini o‘z hovlisiga ko‘mib qo‘yganini aniqlagan edi.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi «a» va «v» bandlari (Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda — ikki yoki undan ortiq shaxsni, aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Mudhish jinoyat tafsilotlari bugun “O‘zbekiston 24” telekanalida soat 18:10da namoyish etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)