20:16 / 06.08.2018
7 058

5 avgustdagi test sinovlari natijalari e’lon qilindi

5 avgustdagi test sinovlari natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 5 avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlari jarayoni haqida qisqa hisobotni, shuningdek, imtihon natijalarini qachon tekshirish mumkinligini e’lon qildi. Bu haqda u Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirgan.

Shunday qilib, 5 avgustdagi test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57 ta binoda 18 ta oliy ta’lim muassasalarining 97 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan.

Test sinovlarida 57 676 nafar abituriyent ishtirok etdi. 1 738 nafar abituriyent esa test sinovlariga kelmagan. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 115 nafar abituriyent imtihonlardan chetlashtirilgan.

Shu kuni davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali Toshkent davlat sharqshunoslik institutining «Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)» ta’lim yo‘nalishida qayd etilgan — 184,8 ball. Xuddi shu institutning «Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)» ta’lim yo‘nalishida esa to‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali — 164,1 ball — qayd etilgan.

Shunday qilib, 5 avgust kuni bo‘lib o‘tgan test sinovlarida o‘rtacha o‘tish bali — davlat granti uchun 111,9 ballni, to‘lov-kontrakt uchun esa 90,0 ballni tashkil etdi. Bosh vazir o‘rinbosari Abduhakimovning qo‘shimcha qilishicha, test sinovlari natijalarini DTM saytining https://www.dtm.uz/page/test_result sahifasida 6 avgust kuni soat 18:15 dan boshlab ko‘rish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 5 avgustdagi test sinovlari natijalari e’lon qilindi