
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi va Senat a’zosi Rustam Inoyatovning nomi Oliy Majlis yuqori palatasi senatorlari ro‘yxatidan o‘chirib tashlangan, deb yozadi Mulohaza.uz nashri.
Rustam Inoyatovning nomi viloyatlar kesimidagi senatorlar ro‘yxatida ham, davlat rahbari tomonidan tayinlangan senatorlar ro‘yxatida ham yo‘q.
Sobiq O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatini chorak asr boshqargan Rustam Inoyatov joriy yil 31 yanvar kuni lavozimidan ozod qilingandi. So‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangan va Oliy Majlis Senati a’zosi – senator bo‘lgandi.
Keyinroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonda baliqchilik sanoatini rivojlantirishga mas’ul etib tayinlangandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar