
Ukam aytib bergandi:
«Diskotekada raqs tushayotsam, ustimga kimdir o‘zini otdi. Nimqorong‘ida kimligini anglolmay, itarib yubordim. Yiqilib tushdi.
Birdan atrof qiy-chuv bo‘pketdi. Chiroq yondi va qarasam, haligi yigit yerda qonga belanib yotibdi. Meniyam ust-boshim qon. Kimdir yigitni pichoqlab, ustimga irg‘itgan.
Bir pasda militsiya keldi, olib ketishdi. Tergovchiga bor gapni aytdim. Ishongandek bo‘ldi.
– Ukam, duo qil, bola tirik qolsin. Kim pichoqlaganini o‘sha aytishi mumkin. O‘lib qolsa, ketding, – dedi tergovchi.
Yigit tirik qoldi.
Ertalabgacha militsiya pichoqlagan odamni topdi. Yigitlar qiz talashib urishib ketishgan ekan.
Alam qiladigani, o‘sha qizlarning narxi – ikki shisha pivo».
Ukam bu voqeani ancha vaqt o‘tib, diskotekalarga bormay qo‘ygach aytib bergandi.
Yopib tashlash kerak bu kushxonalarni!
Shahnoza TO‘RAXO‘JAYeVA
Manba: Azon.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar