
U o‘zini Sirg‘ali tumanida odamlarga shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimi deya tanishtirgan va imtiyozli kredit evaziga kvartira sotib olishda yordamlar taklif etgan. Shu yo‘l bilan ko‘pchilikni chuv tushirib kelgan.
Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasining iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tezkor tadbir tashkil etishi natijasida firibgar qo‘lga olindi. U Xorazm viloyatilik, vaqtincha hech qayerda ishlamaydigan 33 yoshli Ravshan M. bo‘lib chiqdi.
Ayni paytda firibgarga nisbatan O‘zbekiston respublikasi jinoyat majmuasining 168 (“Firibgarlik”) moddasiga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Manba: uznews. uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar