
Islom Karimov Fondi Qurbon Hayiti munosabati bilan maxsus video e'lon qildi. Unda O'zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning Islom dini haqidagi so'zlari bir videorolikda tasvirlangan.
“Menga O'zbekistonda nima uchun madaniyat qadimiy, deb savol bersa shunday derdim: Avvalambor dinimiz tufayli. Islom dini bo'lmasa agar, bizlar hech qanaqa bunday madaniyatga ega bo'lmasdik. Xalq qachon xalq? Uning ma'naviyati bo'lsa, qadriyati bo'lsa, muqaddas dini bo'lsa, o'ziga xos va o'ziga mos, ming yillar davomida shakllangan tafakkur hamda e'tiqodi bo'lsa, ongi, iymoni bo'lsa. Bu bo'lmasa agar, hech narsa bo'lmaydi”, - deyiladi videoda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar