13:25 / 25.08.2018
8 075

Aktrisa Farangiz Rejametovani urib yuborgan haydovchi fojia tafsilotlarini soʻzlab berdi (video)

Aktrisa Farangiz Rejametovani urib yuborgan haydovchi fojia tafsilotlarini soʻzlab berdi (video)
Aktrisa Farangiz Rejametovani urib yuborgan haydovchi “Toshkent” telekanaliga fojia tafsilotlari haqida soʻzlab berdi, deb yozadi “Repost.uz”.

“Poytaxt yoʻllari” koʻrsatuvi 20 iyul kuni, taxminan 21:15 da A.Qodiriy va M.Gandi koʻchalari kesishmasida tartibga solinmaydigan piyodalar yoʻlagida qizni urib ketgan Ulugʻbek Erkaliyevni koʻrsatdi. Keyinroq aniq boʻlishicha, 25 yoshli aktrisa Farangiz Rejametovani 23 yoshli yigit urib ketgan.

Ulugʻbek Erkaliyevning soʻzlab berishicha, YTH yuz bergan chorrahada svetoforlar va piyodalar oʻtish belgilari boʻlmagan. Haydovchi qizni taxminan sakkiz metr masofada koʻrganligi, mashinani toʻxtatish va avariyaning oldini olishga uringanligini tan olgan.

Shu bilan bir paytda, YTH yuz bergan vaqtda Farangizning yonida boʻlgan dugonalari haydovchi mashinani toʻxtatishga harakat qilmaganligi va uni katta tezlikda urib ketganligini maʼlum qilgan. Ular, shuningdek, chorrahada piyodalar oʻtish belgisi oʻrnatilganligini qoʻshimcha qilgan.

Hozirgi paytda mazkur fakt boʻyicha 267-moddaning 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Aktrisani urib ketgan yigit uy qamogʻida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aktrisa Farangiz Rejametovani urib yuborgan haydovchi fojia tafsilotlarini soʻzlab berdi (video)