Prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va sanʼat sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi deb maʼlum qiladi Xabar nashri.
Unga koʻra, ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasi tayyorlanadi:
— madaniyat va sanʼat muassasalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda Chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimini (keyingi oʻrinlarda – CHOYAET) joriy etish va uning ishlash tartibini belgilash;
— CHOYAETga ulangan respublika madaniyat va sanʼat muassasalari tomonidan chiptalarni sotish, hisobga olish va tasdiqlash avtomatik tizimlaridan majburiy foydalanish;
— elektron chiptalarni chipta apparatlari va avtonom bosma uskunalardan foydalanib, elektron chiptalarni, shu jumladan chipta tarqatuvchi yuridik shaxslar tomonidan vositachilik shartnomalari asosida erkin muomalaga chiqarish va realizatsiya qilish uchun huquqiy asoslar yaratish;
— elektron chiptalar rekvizitlariga, shuningdek, madaniyat va sanʼat muassasalarining elektron chiptalarni muomalaga chiqarish, hisobga olish va tasdiqlash uchun foydalanadigan moddiy-texnik bazasiga eng kam talablarni joriy etish;
— CHOYAET doirasida chiptalarni realizatsiya qilish boʻyicha operatsiyalarni himoya qilishga, chiptalarni keyinchalik balandroq narxda qayta sotish uchun yoppasiga sotib olinishiga yoʻl qoʻymaslikka doir choralarga eng kam talablarni joriy etish;
— CHOYAET doirasida chiptalarni sotishdan tushgan tushumdan CHOYAETni saqlash, shuningdek, Renovatsiya dasturida va “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga yuboriladigan yigʻim joriy etish. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi