Foto: Norma
Huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga davlat organlari va tashkilotlarida, shuningdek, ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foizdan koʻproq boʻlgan tashkilotlarda kadrlar ishi tartibini belgilovchi nizom loyihasi joylashtirildi, deb yozadi Daryo.
Nizom barcha davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar, Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tuzilgan xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foizdan koʻproq boʻlgan tashkilotlar uchun amal qiladi.
Hujjatga muvofiq, xodimlar bilan ishlash boʻlinmalarini, shuningdek, ularning mutaxassislarini nomlash variantlari taklif etilmoqda. Boʻlinmalar “Kadrlar xizmati”, “Personalni rivojlantirish boʻlimi”, “Personal bilan ishlash xizmati” va h.k. deb nomlanishi mumkin. Xodimlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassis esa “Personalni rivojlantirish boʻyicha menejer”, “Kadrlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassis”, “Kadrlar boʻyicha inspektor” va h.k. deb atalishi mumkin.
Hujjatda kadrlar xizmatining vazifalari, huquqlari, masʼuliyat doirasi, tashkilotning boshqa boʻlinmalari bilan xizmat aloqalari keltirib oʻtilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...