Freedom Finance xalqaro investitsiya kompaniyasining direktorlar kengashi asoschisi va raisi Timur Turlov Oʻzbekistonda yuz berayotgan oʻzgarishlardan juda xursand ekanini maʼlum qildi.
“Soʻnggi yil ichida Oʻzbekistonda roʻy bergan oʻzgarishlardan juda xursandman. Oʻzgarishlar ancha umidli”, - dedi Turlov Toshkentdagi xalqaro konferensiyada ishtirok etar ekan.
Kompaniya joriy yilda Toshkent shahrida oʻzining birinchi ofisini ochdi va butun mamlakat boʻylab tarmoqni kengaytirishga doir ishlarni davom ettiradi.
“Oʻzbekiston bozori sobiq sovet ittifoqi hududidagi eng ochiq bozor, desam adolatli boʻladi. Bu kirib borish, texnologiyalar, bilimlar va koʻnikmalarni kengaytirish uchun juda yaxshi nuqtadir. Bozor bundan-da rivojlanib ketgan taqdirda bunday ishtiyoq va qoʻllab-quvvatlashga ega boʻla olamiz, deb oʻylamayman. Biz koʻrayotgan trend fond bozorini rivojlantirish va yordam berishga tayyorlikka doir juda yuqori siyosiy qiziqishni namoyon qilmoqda”, - deya taʼkidladi Turlov.
Kompaniya rahbari Oʻzbekistonda roʻy bergan oʻzgarishlar katta hurmatga loyiq ekanini qayd etdi. “Biroz vaqt ilgari bunday oʻzgarishlar boʻlishi xayolga ham kelmagan, ayniqsa, bu ularning bu qadar tez roʻy berishi. Ehtimol, shunday boʻlishi ham kerakdir. Ularning bu qadar tez sodir boʻlayotgani juda zoʻr, albatta”, - qoʻshimcha qildi u.
Uning fikricha, Oʻzbekiston biznes doirada eng ijobiy umidlar va investitsiyalar kiritish uchun ajoyib imkoniyatdir. “Hamma joyda ham odamlar ijobiy oʻzgarishlarga bu qadar ishonch bilan qarashmaydi. Bu tez orada oʻz salohiyatini ochishi kutilayotgan ulkan mamlakat”, - dedi Turlov.
Freedom Finance – xususiy sarmoyadorlarni Qozogʻiston, Rossiya, AQSH va Yevropa fond bozorlariga kirish imkoni bilan taʼminlovchi Markaziy Osiyodagi yetakchi investitsion broker. Kompaniya Rossiyada 36 ofisdan iborat tarmoq, Qozogʻistonda - 16 vakolatxona, shuningdek Kiyev, Toshkent va Bishkekda oʻz ofislarini barpo etgan.
Kompaniya mijozlar soni boʻyicha Qozogʻistonda - birinchi (49 mingdan ziyod), RFda - toʻqqizinchi oʻrinni (24 mingdan ortiq) egallaydi. Rossiyada Freedom Finance shu nomli bank, Freedom24 aksiyalari chakana internet-magazini hamda Nettrader kompaniyasiga ega. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"