4 889
Oʻzbekistondagi barcha gaz quyish shoxobchalari va gaz-ballonli avtomobillar tekshiriladi
18 sentyabr kuni Buxorodagi avtobus halokati ortidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus farmoyishi imzolandi. Unga koʻra, Oʻzbekistondagi barcha gaz quyish shoxobchalari va gaz-ballonli avtomobillar tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Hujjatda qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J.Ramatov ikki oy muddatda gaz balloni oʻrnatilgan avtotransport vositalari, shuningdek, ularga xizmat koʻrsatuvchi gaz quyish stansiyalari, tabiiy gazda ishlaydigan qozonxonalar, pechlar va boshqa uskunalarning texnik holatini puxta hamda har tomonlama xatlovdan oʻtkazilishiga masʼul etib tayinlangan.
Shuningdek, xatlovdan oʻtkazish natijalariga koʻra, yoqilgʻi sifatida tabiiy gazdan foydalaniladigan avtotransport vositalari, gaz quyish stansiyalari, qozonxonalar, pechlar va boshqa uskunalardan foydalanish bilan bogʻliq avariyaning oldini olish boʻyicha “Yoʻl xaritalari” ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
18 sentyabr kuni ertalab soat 8:30 larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan oʻtuvchi Buxoro-Qorovulbozor magistral yoʻlida 26 nafar yoʻlovchisi boʻlgan avtobus gaz balloni portlashi natijasida avtobus yoʻlovchilari boʻlgan 4 kishi voqea joyida, 1 kishi esa kasalxonada vafot etdi.
Qorovulbozor tumanidagi “Rahmon Ahmad” fermer xoʻjaligi rahbari R.Ahmedov va Vobkent tumani Xayrobodcha qishlogʻida yashovchi G.Roziqova qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb etish uchun tashkil qilingan 25 nafar fuqarodan iborat mavsumiy madad guruhini Vobkent tumanidan Qorovulbozor tumaniga olib borayotgan paytda ushbu hodisa sodir boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Oʻzbekiston Prezidenti topshirigʻiga binoan vafot etganlar oilasiga 10 million soʻmdan, ogʻir tan jarohati olganlarga 5 million soʻmdan va boshqa jarohatlanganlarga 2 million soʻmdan moddiy yordam puli ajratildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi