Foto: “Gazeta.uz”
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxoʻjayevning yangi oʻrinbosari Elbek Shukurov poytaxt aholisiga Facebook orqali murojaat yoʻlladi.
Hurmatli Toshkent aholisi va shahrimiz mehmonlari!
Men Jahongir Ortiqxoʻjayev rahbarligidagi shahar hokimiyatining yangilangan komandasida ish boshlaganimga mana bir oydan koʻproq vaqt boʻldi. Menga masʼuliyatli lavozim - taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va yoshlar siyosati sohalarini oʻz ichiga olgan ijtimoiy masalalar boʻyicha hokim muovini vazifasi - ishonib topshirildi.
Biz katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishimiz kerak boʻladi. Samarali natijalarga erishish uchun, real imkoniyatlarimizdan kelib chiqqan holda, biz oʻzimiz uchun uchta eng muhim prinsipni belgilab oldik - bu shaffoflik, halollik va Toshkent aholisi manfaatlari yoʻlida ish yuritish.
Biz fuqarolarimizning faolligi yuqori ekanligini kuzatib turibmiz va barchamiz uchun foydali boʻlgan aloqalarni barpo etishda ijtimoiy tarmoqlarni kuchli vosita, deb hisoblaymiz.
Bu kabi video murojaatlar, muntazam ravishda oʻtkaziladigan soʻrovnomalar, bajarilgan ishlar haqida hisobotlar va aholi talablariga javob qaytarish muntazam ravishda amalga oshiriladi va bizga har doim aloqada boʻlishga imkon beradi.
Eʼtiboringiz uchun tashakkur.

Elbek Shukurov, Toshkent shahr hokimi oʻrinbosari
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti