
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxt koʻchalaridan birida toʻy kortejini jarimaga tortdi. Bu haqda IIBB xabarida aytiladi.
“25 sentyabr kuni taxminan 15:00 da Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli koʻchasida YPX inspektori tomonidan kortej tarkibida harakatlanayotgan va yoʻlda avariyali vaziyatni yuzaga keltirayotgan Mercedes-Benz rusumidagi uchta avtomobil toʻxtatildi”, — deyiladi xabarda.
Haydovchilarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy kodeksining 129-moddasi (“Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh boʻlib harakat qilishda qatnashishi”)ga muvofiq, choralar koʻrildi.
“Shunga aniqlik kiritmoqchimizki, YPX inspektorlari kortejda kelin-kuyov boʻlgan holatda qoidabuzarlikni faqat qayd etib qoʻyadi, qoidabuzarlik haqida bayonnoma tuzish uchun esa haydovchilarni ertasi kuni chaqiradi”, — deya taʼkidlanadi xabarda.
Manba: daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar