
Jeneva universiteti olimlari uzum tarkibidagi tabiiy komponent — resveratrol oʻpka saratoni xastaligiga qarshi kurashish xususiyatiga ega ekanini aniqlashdi.
“Science Daily” xabar berishicha, olimlar buni sichqonlar ustida sinov oʻtkazib bilishdi. Kemiruvchilar avvaliga tamaki tutuni tarkibida boʻladigan kanserogen bilan kasallantirildi, keyin esa resveratrol yordamida davolandi.
Sichqonlar toʻrt guruhga ajratildi: birinchi — nazorat guruhiga kanserogen ham, resveratrol ham berilmadi, ikkinchisiga — har ikki modda berildi, uchinchi va toʻrtinchi guruhlar bittadan modda oldi.
Aniqlanishicha, “davolanish olgan” eksperiment ishtirokchilarida xavfli oʻsma hajmi boshqa guruhdagilarnikiga nisbatan 45 foizga kichraygan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar