13:57 / 09.10.2018
4 719

Oʻzbekistonlik er-xotin Qozogʻistonda qullikka majburlandi (foto, video)

Oʻzbekistonlik er-xotin Qozogʻistonda qullikka majburlandi (foto, video)
Qozogʻistonning Jambul oblastida mahalliy fermerlardan biri tomonidan qul qilib ishlatilayotganidan shikoyat qilgan oʻzbekistonlik oilaning oʻzi qonundan tashqarida deya eʼtirof etildi, deb yozmoqda Kun.uz.

Er-xotinning soʻzlariga koʻra, ular yarim yil mobaynida tekinga, fermada kaltaklanib ishlatilgan. Bunday zulmga chiday olmasdan, er va xotin bu koʻrgulikni sut sotuvchiga soʻzlab berishgan. U esa jurnalistlar huzuriga yoʻl olgan.

Tuymekent qishlogʻidagi oddiy sut sotuvchi eʼtibor qilmaganida bu voqeadan barcha bexabar qolardi. U mahalliy fermer ayolning qoʻlida oʻzbekistonlik er-xotin quldek ishlayotilayotganini jar soladi. Er-xotin Sharipovlar ham buni tasdiqlaydi: ular yarim yildan buyon mollarni tekin boqib, sogʻib kelishgan. Ular bir necha bor qochishga urinishgan, biroq barchasi samarasiz yakunlangan.

Rasuljon Sharipov:

— Xotinim ikkimizni kaltaklashdi. 25 avgust kuni kaltak bilan urishdi. Barchasiga bizning qochib ketganimiz tufayli goʻyoki mollardan ayrimlari yoʻqolgani sabab qilib koʻrsatildi.

Sharipovlar bu yerda avval ham ishlashgan. Biroq hammasi qonuniy boʻlgan. Bu yil esa ferma egalari vahshiylashib ketgan. Ularning hujjatlarini olib qoʻyishgan, maosh oʻrniga — kaltaklash, uylariga — farzandlariga qoʻngʻiroq qilishga ham qoʻyishmagan.

Rasuljon Sharipov:

— Mening voyaga yetmagan ikki farzandim bor, kattasi 15 yoshda. Qariya onam ham bor. Ularning ahvoli nima kechayotganini bilmayman. Men hattoki nima qilishimni ham bilmayman. Hech kim bizga yordam beray demaydi.

Oʻzlarining qullar kabi ahvolidan gapirishga Sharipovlar oilasi darhol jazm qilishmagan. Aytishlaricha, hammasi yaxshi tomonga oʻzgarishidan umid qilishgan. Lekin ahvol shu darajaga borib yetganki, er-xotin qochib ketolmasligi uchun ayolni uydan chiqarmay qoʻyishgan. Bunday hayotdan charchagan erksizlar mahalliy sut sotuvchiga arz qilishgan, u esa bularning dardini jurnalistlarga yetkazishgan. Alal-oqibatda fermani politsiyachilar bosdi:

— Bu yoqqa keling, ismingiz nima?

— Pasportni qayerdan topib beraman sizga? Uyda hech kim yoʻq deb tushuntirdim-ku? Ularning barchasi toʻyga ketishgan, hech kim yoʻq.

Alal-oqibatda Oʻzbekiston fuqarolarining hujjatini shu joyda axtarishga hech kim jazm etmadi. Politsiyachilar er-xotinni boʻlinmaga olib ketishdi. Keyinchalik er-xotin oʻz shikoyatlaridan tongani maʼlum qilindi: goʻyoki ularni hech kim tutqunlikda saqlamagan va maoshlarini ham oʻz vaqtida toʻlab borishgan. Ekspertiza kaltaklanish asoratlarini ham topa olmagan.

Jambul oblasti ichki ishlar departamentining matbuot kotibi Gulsara Muxtarqulova shunday deydi:

— Oʻtkazilgan sud-tibbiy ekspertiza ularda hech qanday tana jarohatlari izini topa olmadi. Bundan tashqari, ularning yonida hech qanday hujjat yoʻqligi aniqlandi va ular bizning mamlakatimizda ishlash huquqiga ega emas ekan. Oʻzini qullar deb atagan oilaviy juftlik shunchaki noqonuniy ishlayotgan fuqarolar boʻlib chiqdi. Er-xotin migratsiya nazoratini buzganligi uchun 30 sutka qamoqqa olindi. Shundan soʻng ular mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Fermaning xoʻjayini ham javob beradi. Faqat xorijiy ishchilarni qonunga xilof ravishda ishga jalb qilgani uchun. Jarima miqdorini sud belgilaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonlik er-xotin Qozogʻistonda qullikka majburlandi (foto, video)