Bugun, 21 oktyabr kuni taxminan soat 12.00da Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan avto ehtiyot qismlari bozori oralab qo‘lida to‘pponcha bilan yurgan shubhali shaxs aniqlangan.
Atrofdagi xaridor va sotuvchilar e’tiborini tortgan shaxs haqida IIB xodimlariga murojaat qilingach, voqea joyidan uzoqda bo‘lmagan IIB xodimlari shubhali shaxs bilan suhbatlashgan.
Ma’lum qilinishicha, 1979 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro N.A. pnevmatik to‘pponcha bilan havoga o‘q uzgandan so‘ng, atrofdagilarning e’tiborini tortgan. N.A. qarindoshining tug‘ilgan kunini o‘ziga xos nishonlash uchun qo‘lidagi pnevmatik qurol bilan havoga o‘q uzgani bildirildi.
Toshkent shahar IIB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, N.A. voqea joyidan Sergeli tumani Ichki ishlar bo‘limiga keltirilgan. Ayni paytda uning harakatlari o‘rnatilgan tartibda o‘rganilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi