Joriy yilning 21 oktyabr kuni soat 20:00 da Toshkent shahrining Uchtepa tumani, Izza dahasida joylashagan «Power auto gas» MChJga qarashli avtomashinlarga gaz qo‘yish shoxobchasida VAZ 2106 rusumli avtomashina gaz balloni yorilib ketishi oqibatida portlash sodir bo‘lgan. Bu haqda deputat Nuriddin Zaynitdinov Facebook’dagi sahifasida xabar qildi.
Surxondaryolik Sh.M. boshqaruvidagi Toshkent viloyati Zangiota tumanidan ro‘yxatdan o‘tgan, 80 litr hajmdagi metan gaz uskunasi o‘rnatilgan, 2018 yil aprel oyida texnik ko‘rikdan o‘tgan VAZ 2106 SPG rusumli avtomashinaning orqa qismi va kuzov detallari bo‘laklarga ajralib, turli tomonlarga sochilib ketgan deb habar bermoqda Uz24.uz nashri.
Hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilganda avtomashinaning gaz baloni portlashi natijasida turli tomonga sochilgan holatda mashina gaz baloni gaz quyish shahobchasi tashqarisidagi yo‘l bo‘yida gaz baloni o‘rta qismidan tik holatda yorilgan va avtomashina shisha bo‘laklari sochilgan holatda ekanligini aniqlangan.
Bundan tashqari xodisa sodir bo‘lgan joyda Uchtepa tumani, 31-mavzeda istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan Uchtepa tumani, 296-o‘rta maktabning 9-sinf o‘quvchisi 2005 yil tug‘ilgan B.B. «o‘ng oyoq son tepa qismi urilib shilingan yarasi» jarohati olganiligi aniqlangan.
Voqea joyida birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Xodisa sodir bo‘lgan joyga hududiy XPB, PPX, MG, YoXB, YXXB xodimlari yetib borib, MChJ texnik xodimlari bilan birga atrof o‘ralib, fuqarolar xavfsizligi ta’minlangan.
Hodisa joyida tegishli xizmatlar surishtiruv ishlari olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi