14:17 / 26.10.2018
4 106

DXX Suriyadagi rahbar-jangarilarni O‘zbekistonga qaytardi

DXX Suriyadagi rahbar-jangarilarni O‘zbekistonga qaytardi
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda Suriyada janglarda qatnashgan bir nechta jangarilarni mamlakatga qaytardi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.

Ular Suriyada faoliyat olib boruvchi va O‘zbekiston xavsizligiga tahdid soluvchi "Kotibatul Imom-al Buxoriy", "Kotibatul Tavxid va Jixad" xalqaro terroristik uyushmalari mas’ul shaxslari va rahbarlari bo‘lganligi aytilmoqda.

Ushlanganlardan biri Suriyada "Katibatul Imom-al Buxoriy" rahbari bo‘lgan. U 1984 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi. 2009-2010 yillarda Surxondaryo viloyatida "Jihodchilar" yashirin yacheyka a’zosi bo‘lgan.

2011 yilda Rossiya va Turkiya tranziti orqali Suriyaga ketib, terroristik-buzg‘unchilik tayyorgarlikdan o‘tgan.

Ikkinchi shaxs Suriyadagi "Kotibatul Imom-al Buxoriy" terrorchilik tashkiloti moliyaviy ta’minoti, jangarilarni yollash va Suriyaga yuborish uchun mas’ul bo‘lgan.

U 1985 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi. 2014 yilda Suriyaga borib, diversion-terroristik tayyorgarlikdan o‘tgan.

"Kotibatul Imom-al Buxoriy" terrorchilik tashkilotining yana bir a’zosi bu guruhga 2015 yilda kelib qo‘shilgan bo‘lib, yangi a’zolarni Turkiyada kutib olish va ularni Suriyaga o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan.

U 1993 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi. 2011 yilda Pokiston orqali Afg‘onistonga kirib borgan va "Islom jihodi ittifoqi" tashkilotiga a’zo bo‘lgan. Terroristik faoliyat amaliyotidan o‘tgach, hukumat qo‘shinlariga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etgan.

Xorijda bo‘lgan vaqtlarida bu fuqarolar qalbaki hujjatlardan foydalnishgan va shu vaqtgacha o‘zlarini uyg‘urman deya tanishtirganlar.

DXX sayi-harakatlari tufayli O‘zbekistonga yana bir vatandosh qaytarilgan. U ham "Kotibatul Tavhid va Jihod" terroristik tashkiloti a’zosi bo‘lgan.

Bu shaxs terroristik tashkilotning moddiy ta’minoti uchun pul to‘plash bilan shug‘ullangan, shuningdek Suriyaga yuborish uchun yangi a’zolarni yollagan. U 1990 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi.

Ayni vaqtda bu shaxslarga nisbatan qo‘g‘atilgan jinoiy ishlar doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Suriyadagi rahbar-jangarilarni O‘zbekistonga qaytardi