19:27 / 26.10.2018
11 531

Prezident bog‘cha tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar berdi (foto)

Prezident bog‘cha tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar berdi (foto)
Yunusobod tumani Bog‘ishamol mahallasida joylashgan 74-maktabgacha ta’lim muassasasi joriy yilda rekonstruksiya qilinib, zamonaviy ta’mirlandi. Mashg‘ulot xonalari bolalar tarbiyasi uchun zarur, bejirim va qiziqarli inventarlar bilan jihozlandi. Oshxona va sport zali yangidan qurildi.

Bugungi kunda muassasada 375 ta bola ta’lim-tarbiya olmoqda.

Prezidentimiz bog‘chada bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, xodimlar bilan muloqot qildi, deb xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

"Biz uchun birinchi o‘rinda bolalarimizning ma’naviyati, bilimi, sog‘ligi. Shuning uchun davlat tomonidan maktabgacha ta’limga katta e’tibor berilyapti va bu hali boshlanishi. Sizlarning vazifangiz bolalarning ko‘zidagi nurni ilg‘ab olish, ularga yaxshi tarbiya berish", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalarining holati va ularni rivojlantirishga oid loyihalar namoyish etildi. Davlatimiz rahbari bu boradagi takliflarni ma’qullab, xususiy sherikchilik asosida yangi bog‘chalar qurish, bolalarni qamrab olishni kengaytirish va kelgusida yuz foizga yetkazish zarurligini ta’kidladi.

Shu yerda Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rahbarlari bilan videokonferensiya orqali muloqot qilindi.

Prezidentimiz bog‘cha tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar berdi.









arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident bog‘cha tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar berdi (foto)