2019 yildan O‘zbekistonda mehnat darftarchasidan voz kechiladi. Uning o‘rniga elektron baza joriy etiladi. Bu haqda 2018 yilda davlat byudjetini amalga oshirish va 2019 yil uchun asosiy parametrlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan konferensiyada moliya vazirining o‘rinbosari Dilshod Sultonov aytib o‘tdi.
"Mehnat daftarchalari bizda SSSR davridan qolgan va ular foydalanish uchun juda noqulay. Ulardan voz kechish vaqti keldi. 2019 yildan ishga kirmoqchi bo‘lgan xodimlar mehnat daftarchasini ochishlariga to‘g‘ri kelmaydi, endilikda ular shunchaki o‘z ma’lumotlarini elektron bazaga kiritishsa bas", – dedi Dilshod Sultonov.
Bo‘lajak bazada xodimning barcha mehnat faoliyati va daromadi aks etadi. Kerakli ma’lumotni xodimning pasport ma’lumotlarini bazaga kiritgan holda olish mumkin bo‘ladi.
"Hozir soliq idorasi elektron bazaning asosini ishlab chiqmoqda va ushbu dastur deyarli tayyor. Endilikda o‘z oylik maoshingiz haqida "Telegram"dagi @oylikuzbot boti orqali bilib olish mumkin. Ushbu bot qancha oylik maosh to‘langani va qanchasi soliqqa ushlab qolinganini ko‘rsatadi. Shuningdek, bot maoshning qancha foizi naqd pulda va qanchasi plastik kartada berilganini ko‘rsatadi", – dedi Dilshod Sultonov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat