date
views 6 620

Denov va Angor tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Denov va Angor tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
Baxtiyor Ibatov Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda 10 oktyabr kuni xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari 48-sessiyasida ma’lum qilindi.

Baxtiyor Ibatov 8 noyabr kuni viloyat prokurori etib tayinlangan Ulug‘bek Qosimovning o‘rnini egalladi. U bugungacha Angor tumani hokimi sifatida ishlab kelgan.

Angor tumani hokimi lavozimiga esa viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Usmon Turopov tayinlandi.

Sessiyada viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov ishtirok etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Denov va Angor tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi