Joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida O‘zbekistonga Rossiyadan 350 ming sayyoh kelgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko‘pdir.
Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov Novosibirskda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirda aytib o‘tdi.
“Joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyida O‘zbekistonga jami 3,9 millionga yaqin sayyoh keldi. Shundan 350 ming nafari Rossiya fuqarolaridir. O‘tgan yilning mazkur davrida bu ko‘rsatkich 270 ming nafarni tashkil etgan edi”, deydi elchi.
Umuman, 2017 yilda O‘zbekistonga 1,9 million nafar sayyoh tashrif buyurgan.
Botirjon Asadovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlarning samarasi o‘laroq mana shunday natijalar kuzatilyapti. Masalan, joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida O‘zbekistonda 190 ta yangi tur operatori ish boshlagan.
Bundan tashqari, viza rejimini sezilarli darajada soddalashtirdi. Masalan, 101 davlatning fuqarolari O‘zbekistonda besh kun vizasiz bo‘lishlari mumkin. Bundan tashqari, 17 mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishlari mumkin. Ular orasida Rossiya fuqarolari ham bor.
“O‘zbekiston parlamentining delegatsiyasining Moskvaga tashrifi doirasida parlamentarlarimiz xalqaro hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilishdi. Bundan turizm sohasiga ham e’tibor qaratildi. Masalan, bolalar turizmiga oid g‘oyalar ilgari surildi. O‘zbekiston bolalar dam olish uchun katta imkoniyatlarga ega”, - deydi Botir Asadov.
O‘z navbatida, Novosibirsk viloyati iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Olga Molchanova mazkur sohada ikki tomon ham ulkan salohiyatga egaligini ta’kidlab, tovar ayirboshlash hajmini oshirish borasida katta imkoniyatlarga borligini aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda o‘zbek matolari, sabzavotlari va mevalariga qiziqish katta. Novosibirsk esa O‘zbekistonga o‘simliklarni himoya qilish vositalari va tibbiy texnika vositalari yetkazib berishga tayyor.
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” loyihasi doirasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimoti, shuningdek, Yekaterinburg, Ufa va Qozon shaharlarida ham o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi