08:20 / 14.11.2018
2 760

“Yandeks” Toshkentda “Rayon” xizmatini sinov tariqasida ishga tushirdi

“Yandeks” Toshkentda “Rayon” xizmatini sinov tariqasida ishga tushirdi
“Yandeks” o‘zining “Rayon” xizmatini Toshkent shahrida test rejimida ishga tushirdi. Ushbu xizmat Rossiyaning o‘zida sentyabr oyida ishga tushgan. Loyiha hozircha sinov jarayonida.

Kompaniya vakillarining qayd etishicha, ushbu loyihada kontent foydalanuvchilarning o‘zi tomonidan tayyorlanadi. “Rayon” har kim o‘zi yashayotgan hudud yangiliklari, muammolarini muhokama qilishi uchun mo‘ljallangan.

Qayd etishlaricha, ushbu loyiha qancha ko‘p qo‘shni kishilarni qamrab olsa, ularning bir-biriga yordam berish imkoni ham, shahar hayotiga ta’sir qilish imkoniyati ham oshadi.

“Yandeks” kompaniyasi Toshkentda “Rayon” servisini ishga tushirmoqchi ekani oktyabr oyi o‘rtalarida ma’lum bo‘lgan edi. O‘shanda Rossiya IT-kompaniyasi vakillari Toshkent shahar hokimligida uchrashuvlar o‘tkazgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Yandeks” Toshkentda “Rayon” xizmatini sinov tariqasida ishga tushirdi