12:06 / 26.11.2018
3 533

Bosh prokuratura valyutani noqonuniy almashtirganlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi

Bosh prokuratura valyutani noqonuniy almashtirganlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi
Qonunchilik palatasi deputatlari 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda xorijiy valyutani noqonuniy almashtirganlar uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.

Bosh prokuraturaning iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti ushbu qonun loyihasining tashabbuskori bo‘lgan va ular birgalikda hujjat ishlab chiqishgan. Bu haqda Turon24ga Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Qonun loyihasida quyidagilar taklif etiladi:

a) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 170-moddasi sanksiyasiga o‘zgartirish kiritish orqali valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish uchun o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olish jazosini belgilash va jarima miqdorini oshirish;
b) Jinoyat kodeksi 177-moddasi sanksiyasiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritish:
  • 1-qismidan valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish uchun belgilangan miqdorni chiqarish;
  • yangi 2-qism bilan to‘ldirish orqali ancha miqdorda valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olganlik yoki o‘tkazganlik uchun javobgarlik belgilash;
  • barcha qismlari bo‘yicha javobgarlikni og‘irlashtirish.

Qonun loyihasini ishlab chiquvchilar uning qabul qilinishi bu toifadagi huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligining oshishiga, aholining chet el valyutalarini ayirboshlash shoxobchalari orqali xarid qilish darajasining o‘sishiga xizmat qilishini aytmoqda. Shuningdek, iqtisodiyotda xufiyona sektorning darajasini kamaytirishga va chet el valyutasining nazoratsiz chiqib ketish kanallarini bartaraf etishga olib kelishi kutilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillar bu toifadagi jinoyatchilikning keskin o‘sish holatlarini ko‘rsatmoqda: birgina joriy yilning 9 oyida 2 069 ta (2017 yil shu davrida – 1 656) shunday huquqbuzarlik aniqlangan.

Shuni inobatga olgan holda tayyorlangan qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 170-moddasi, Jinoyat kodeksi 177-moddasining sanksiyasiga o‘zgartirish kiritish orqali valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish uchun jazo choralarini belgilash hamda jarimalar miqdorini oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Qonunchilik palatasining xabar berishicha, qonun loyihasi birinchi o‘qishdan o‘tgan. Hujjatni ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish muddati hali noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura valyutani noqonuniy almashtirganlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi