Foto: «O‘zeltexsanoat»
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan Biss electronics system MChJda televizorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘zeltexsanoat» AK matbuot xizmatiga tayanib, Daryo xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Biss electronics system MChJ tomonidan umumiy qiymati 2 mlrd so‘mlik bo‘lgan loyiha doirasida televizorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi va buning natijasida 40 ga yaqin ish o‘rinlari yaratildi.
«Mahsulotlarni dunyo bozoriga olib chiqish, ‘O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan’ brendi ostida eksportbop mahsulotlarni tayyorlash, eng avvalo ichki bozor talablarini qondirish maqsadida ‘O‘zeltexsanoat’ aksiyadorlik kompaniyasi va Biss electronics system MChJ tomonidan shu kunga qadar 8000 dona televizor ishlab chiqarildi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, korxona yiliga 25 ming dona televizor ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlar ichki bozor talabini qondirishdan tashqari kelajakda eksportga yo‘naltirilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi