O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrda “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, fuqarolarimizning Yangi yil bayramini munosib kutib olish va dam olish kunlarida yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilib, maroqli hordiq chiqarishlariga imkoniyat yaratish maqsadida qabul qilingan mazkur Farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2018 yil 30 dekabrdan 2019 yil 3 yanvargacha mahalliy va tezyurar “Afrosiyob” poyezdlari chiptalariga chegirmalar joriy qilindi:
- Pensionerlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgani uchun (ma’lumotnoma, guvohnoma taqdim etilgan holda)– 50%;
- Oliy o‘quv yurti talabalariga (guvohnoma taqdim etilgan holda) – 50%;
- Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, 18 yoshga to‘lmagan farzand ota yoki onasi bilan birga bo‘lganda) nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda– 30%;
- Jamoa bo‘lib sayohatga chiqqan korxona va tashkilotlar xodimlari (4 kishi va undan ortiq buyurtma)ga, maktab, kollej, va litsey o‘quvchilariga – 20%.
Bayram oldi va bayram kunlari imkoniyati cheklangan shaxslar va jamoa bo‘lib sayohatga chiqqan korxona va tashkilotlar xodimlari uchun alohida chiptaxona faoliyat ko‘rsatadi.
Taqdim etilgan chegirmalar haqida ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga soat 08:00 dan 20:00 gacha qo‘ng‘iroq qilib murojaat qilishingiz mumkin:
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”