O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori (13 dekabr, 2018 yil. 1009-son) qabul qilindi.
Bu haqida Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali ma’lum qildi.
Qarorga muvofiq, Prezident qarori bilan tashkil etilgan Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkiliy jihatlari belgilab berildi.
Xususan, Agentlikka tegishli vazirliklar bilan davlat tili, rus tili va boshqa tillarda batafsil ma’lumot olish imkoniyatini beradigan davlat-xususiy sheriklikning yagona axborot portalini ishlab chiqish hamda ishga tushirish vazifasi topshirildi.
Shuningdek, qaror bilan tegishli Nizom ham tasdiqlanib, agentlikning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.
Agentlik davlat-xususiy sheriklik sohasidagi yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilandi.
Agentlikka Prezident tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor – Moliya vazirining o‘rinbosari rahbarlik qiladi.
Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligi bo‘yicha muntazam baholanib boriladi. Baholash yakunlariga ko‘ra, Agentlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantiriladi yoki aksincha, ularga nisbatan intizomiy javobgarlik chorasi qo‘llaniladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin