Qoraqalpog‘istonda ro‘y bergan YTH oqibatida mansabdor shaxslar halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda ro‘y bergan YTH oqibatida mansabdor shaxslar halok bo‘ldi
27 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. O‘zA xabariga ko‘ra, baxtsiz hodisa oqibatida 4 nafar kishi halok bo‘lgan.

Baxtsiz hodisa Nexia-3 rusumli avtomashina yo‘lda sirpanib, beton to‘siqqa borib urilishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Kuchli zarba avtomashinaning gaz balloni otilishiga olib kelgan. Halok bo‘lganlar orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari va Tuyamo‘yin-Nukus mintaqaviy suv o‘tkazgichidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yetakchi mutaxassisi ham bor.

Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar