Foto: DBQ matbuot xizmati
Bojxonachilar yog‘ochlar ostiga yashirilgan 100 mingdan ortiq pirotexnika vositalari va 5613 dona «Herbalife» bioaktiv qo‘shimchalarni fosh etishdi.
Davlat bojxona qo‘mitasining kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari hamda Buxoro viloyati bojxonachilari tomonidan katta miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy kirib kelishining oldi olindi.
DBQ matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘shni davlatdan Buxoro viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi «Juizar» MChJ nomiga import tartibida olib kelingan yog‘och mahsulotlari bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.
Natijada vagonlar ostki qismiga yashirilgan umumiy qiymati 4 milliard 220 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi 19 turdagi 102 ming 118 dona pirotexnika vositalari hamda 56 turdagi 5613 dona «Herbalife» nomli sifati kafolatlanmagan bioaktiv qo‘shimchalar borligi fosh etilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?