
12–13 yanvar kunlari Samarqand shahrida «Hindiston – Markaziy Osiyo» muloqoti tashqi ishlar vazirlarining Afg‘oniston ishtirokida ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuvda o‘zaro savdo hajmini oshirishga ko‘maklashish, transport va logistikani rivojlantirish, sanoat, energetika, axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlariga investitsiyalar, innovatsiya va texnologiyalar jalb qilish bo‘yicha hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, shuningdek, madaniyat, ilm-fan, ta’lim va turizm sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Forumda Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Qozog‘iston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Muxtor Tleuberdi, shuningdek, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy ishtirok etmoqda.
Vazirlarning birinchi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilinishi ko‘zda tutilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar