Toshkentdagi bekatlarga kuzatuv kameralarini o‘rnatish taklif etildi

Toshkentdagi bekatlarga kuzatuv kameralarini o‘rnatish taklif etildi
Toshkentdagi bekatlarga kuzatuv kameralarini o‘rnatish taklif etildi

So‘nggi oylarda poytaxtimiz ko‘chalaridagi avtobus bekatlariga zarar yetkazilib, ularning oynasi sindirib ketilayotgan holatlar bir necha marta yuz berdi, deb xabar bermoqda uz24.uz.

Jumladan, Navoiy hamda Nukus ko‘chalaridagi bekatlarning oynasi sindirilgani aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqdagi “Jamoatchilik nazorati” guruhida paydo bo‘ldi va muhokama mavzusiga aylandi.

Toshkentdagi bekatlarga kuzatuv kameralarini o‘rnatish taklif etildi

Bekatga aynan kim tomonidan zarar yetkazilganini aniqlash imkoni bo‘lmagani bois, ishtirokchilardan biri bekatlarga kuzatuv kameralarini o‘rnatishni taklif etgan.

Ma’lumki, bugungi kunda Toshkentda Fransiyaning JCDecaux firmasiga tegishli 150 ta bekat majmuasi o‘rnatilgan. Bunday bekatlar G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida, Isroil, Qozog‘iston, Rossiya kabi ko‘plab shaharlarda uchraydi. O‘zbekistonga esa 2007 yilda kirib kelgan.

Xabarlarga ko‘ra, bekat bilan bog‘liq nosozliklar paydo bo‘lsa yoki unga zarar yetkazilsa, JC Decaux firmasi vakolatxonasi o‘z hisobidan ta’mirlaydi. Bundan tashqari, bekatlar haftada bir marta maxsus ishchilar jamoasi tomonidan yuvib tozalanadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar