5 387
Mahalladoshini 1,5 ming dollar evaziga o‘ldirishni buyurtma qilgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: «Xalq so‘zi»
Joriy yil 2 yanvar kuni Samarqand shahri, So‘zangaron mahallasida istiqomat qiluvchi S.Sh. o‘zining mahalladoshi Sh.M. bilan avvaldan bo‘lgan o‘zaro kelishmovchiligi tufayli uni o‘ldirish uchun tanishi R.N.ga ushbu taklifni bildiradi. Ushbu qotillikni sodir etgan taqdirda, unga 1 500 dollar berishni va’da qilib, avans tariqasida unga oldindan 100 dollar beradi.
«Daryo» nashrining viloyat IIB matbuot xizmatidan olgan ma’lumotiga ko‘ra, 9 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi va Samarqand shaxar IIO FMB JQB xodimlari hamda viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda fuqaro S.Sh. o‘zining tanishi R.N.ga Sh.M.ning soxtalashtirilgan, qotillik holati aks etgan fotosuratini ko‘rganidan so‘ng unga 800 dollar berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan S.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi
Global Janub kimniki?
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi"