Avval xabar berganimizdek, 19 yanvar kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va bosh vazir Abdulla Aripov raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Videoselektorda Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha bir qator vazifalar belgilab berildi, deya xabar beradi Kun.uz nashri.
Bundan buyon, Xalq qabulxonalari sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning davlat xizmatlari koʻrsatish, uyma-uy yurish, muammolarni aniqlash va hal qilish faoliyatini tuman, shahar, viloyat darajasida doimiy ravishda muvofiqlashtirib boradi.
“Obod qishloq”, “Obod mahalla” Dasturlari doirasida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan aholi punktlari roʻyxati Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan holda shakllantirilishi belgilandi. Xalq qabulxonalari muntazam ravishda har bir tuman va shaharlar kesimida oʻrganish jarayonlari va aholi murojaatlaridan kelib chiqib, keyingi yil uchun “Obod qishloq”, “Obod mahalla” Dasturlari olib boriladigan aholi punktlari takliflarini shakllantirib, mahalliy hokimiyat idoralari, sektor rahbarlari bilan ish olib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin