Germaniya Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonga otlangan turistlarni bir necha xavflar haqida ogohlantirdi.
“O‘zbekistonda umumiy vaziyat tinch bo‘lishiga qaramasdan, Markaziy Osiyo hududida faoliyat yuritayotgan terroristlardan ehtiyot bo‘lish kerak, ayniqsa chegaraga yaqin hududlarda”, - deyilgan xabarda.
Germaniya TIV xabarida sayyohlar ayniqsa Farg‘ona vodiysining Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasiga yaqin hududlarida ehtiyot bo‘lishlari kerakligi va ushbu hududlarda chegaraning ayrim joylari haligacha minalashtirilgan bo‘lishi mumkinligi aytib o‘tilgan.
Undan tashqari germaniyalik turistlarga tungi vaqtlarda ko‘chalarda yolg‘iz yurmaslik, imkon qadar guruhlar tarkibida sayohat qilish hamda o‘z buyumlariga ehtiyot bo‘lish tavsi etilgan.
Shuningdek, gepatita A, ko‘kyo‘tal, qizamiq kasalliklariga qarshi emlanish tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada International SOS va Control Risks kompaniya tomonidan 2019 yilga sayyohlar uchun tavsiya qilingan xavfsizlik xaritasida, O‘zbekiston xavfsizlik darajasi nisbatan past ko‘rsatilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”