14:55 / 26.01.2019
4 855

Endilikda chet elda ishlagan davr ham mehnat stajiga kiritiladi

Endilikda chet elda ishlagan davr ham mehnat stajiga kiritiladi
2019 yil 1 yanvardan keyingi davrda chet elda ishlagan fuqarolar pensiya bilan taʼminlanish miqdoridan kelib chiqib, Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari miqdorini mustaqil ravishda, biroq yiliga Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash sanasida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining toʻrt yarim barobari miqdorda belgilashi mumkin. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyati filiali direktori Abduaziz Hafizov «Gazeta.uz"ga maʼlum qildi.

Fuqaroning chet elda boʻlgan davrini tasdiqlash boʻyicha asos bu:
— Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib oʻtganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar)
— Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining koʻrsatib oʻtilgan shaxsning boshqa davlatda boʻlgan vaqti va konsullik hisobiga qoʻyilganligi maʼlumoti.

Sugʻurta badallarini toʻlash tartibi:
- har oyda yoki har chorakda;
- bir yoʻla — Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch oy mobaynida.

2019 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davr uchun mehnat staji vakolatli organ, yaʼni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali ishga joylashtirilgan fuqarolarga beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endilikda chet elda ishlagan davr ham mehnat stajiga kiritiladi